Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Toshkentda gullar bayrami

By Muxtasar_Qodirova - May 1, 2025, 1:25 p.m. 353 Views 0 Comment



Bahor nafasi Toshkentga rang, ifor va go‘zallik olib keldi. Poytaxtimizda an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan, bugun o‘z ishini boshlagan Gullar festivali bu yil ham yuksak darajada tashkil etildi. 2,5 milliondan ortiq gul bilan bezatilgan bu bayram — ko‘zlarni quvontirib, yuraklarni iliqlikka chulg‘adi.





Festival  har yili o‘tkazilib kelinayotgan bo‘lsa-da, bu yilgi tadbir alohida e’tibor va shukuh bilan o‘tdi. Tadbir Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi oldida joylashgan maydonda tashkil etilib, ushbu maskanni go‘zallik markaziga aylantirdi.







Uch kun davom etadigan festival doirasida 8 xil gultojixo‘roz, 10 xil chinnigul, 10 xil pitoniya, 3 xil rayhon, 2 xil asalgul va safiyagulning noyob navlari o‘ziga xos kompozitsiyalarda ekilib, Toshkentga bahorona manzara baxsh etmoqda.






Mazkur festival Toshkent shahar hokimlligi tomonidan rejalashtirilgan bo‘lib, unda gul yetishtiruvchilar, dizaynerlar, san’atkorlar va keng jamoatchilik faol ishtirok etmoqda. Festival nafaqat yurtdoshlarimiz, balki ko‘plab xorijiy sayyohlarni ham o‘ziga jalb qildi.





Ular orasida Mongoliyalik sayyoh bilan suhbatlashganimizda, u festival haqidagi taassurotlarini iliq so‘zlar bilan bayon qildi: — “Bizda bunday festivallar bo‘lmaydi. Toshkentdagi gullar bayrami qalbimni rom qildi. O‘zbekiston haqiqiy jannatmakon yurt ekan. Endi Namanganda bo‘ladigan gullar festivalida ham ishtirok etmoqchiman”.



Ushbu fikrlar festivalning xalqaro darajadagi qadr-qimmatini naqadar o‘ziga xos ekanligini anglatadi. Gullar faqatgina atrof-muhitni emas balki g o‘zallikka oshufta insonsonlar qalbini ham bezagani bor haqiqat. Poyta[timiz Toshkent bugun nafaqat gullarga, balki mehr, maftunkorlik va hayratga yo‘g‘rilgan go‘zal maskanga aylangan.         


        Komila Habibjonova

Tags:

0 Comment

Leave a Comment