Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

“Oltin qalam” XIX Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovda rag‘batlantiruvchi nominatsiyalar joriy etiladi

By Muxtasar_Qodirova - May 15, 2025, 6 p.m. 105 Views 0 Comment

Xabar berilganidek, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tomonidan “Oltin qalam” XIX Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov e’lon qilindi.

Tanlov 5 ta asosiy nominatsiya — televideniye, radio, bosma nashrlar, internet nashrlari hamda “Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi.  

Shuningdek, tanlovda quyidagi rag‘batlantiruvchi nominatsiyalar joriy etiladi:  

1.  “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyotni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi materiallar uchun”  

2.  “Davlat  tilini rivojlantirish, nufuzini yanada oshirishga bag‘ishlangan eng yaxshi tahliliy materiallar uchun”  

3.  “Yoshlar hayotiga oid eng yaxshi materiallar uchun”  

4.  “OAVda e’lon qilingan eng yaxshi milliy kontent (materiallar) uchun”  

5.  “Dolzarb mavzudagi eng yaxshi tanqidiy-tahliliy materiallar uchun”  

6.  “Publitsistik janrdagi eng yaxshi kitob uchun”  

7.  “Sport sohasi yoritilgan eng yaxshi materiallar uchun”  

8.  “Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatiga bag‘ishlangan eng yaxshi materiallar uchun”  

9.  “Eng yaxshi fotoreportaj uchun”  

10.  “Oila va mahalla hamkorligi bo‘yicha eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun”  

11.  “Ta’lim-tarbiya sohasidagi  islohotlar yoritilgan eng yaxshi materiallar uchun”  

12. “Umummilliy hamjihatlikni targ‘ib qilish va mustahkamlashga qaratilgan eng yaxshi materiallar uchun”  

Tanlovning rag‘batlantiruvchi 12 ta nominatsiyasi g‘oliblari diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va bazaviy hisoblashning 100 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.  

Tanlovda har bir ishtirokchining 2024 yil 30 apreldan 2025 yil 30 aprelgacha bosma va internet nashrlarida e’lon qilingan, radio va televideniyeda efirga uzatilgan 5 tadan 7 tagacha materiallari ko‘rib chiqiladi.  

“Publitsistik janrdagi eng yaxshi kitob uchun” rag‘batlantiruvchi nominatsiyasi bo‘yicha tanlovda qatnashish istagida bo‘lganlar O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasiga kitobidan bir dona taqdim etadi.  

Eslatma: tanlov hakamlar hay’ati taklifi bilan rag‘batlantiruvchi nominatsiyalar nomi o‘zgarishi mumkin.  

Tags:

0 Comment

Leave a Comment