Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Muhokama yig'ilishi bo'lib o'tdi

By Muxtasar_Qodirova - June 12, 2025, 9:32 p.m. 214 Views 0 Comment

Bugun Millatlararo munosabatlar qo‘mitasida "Xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalar sohasida davlat siyosati" konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish borasida hamkor tashkilotlar bilan dastlabki muhokama yig'ilishi bo'lib o'tdi. Muhokamada vazirlik va idoralardan 30 dan ortiq ekspertlar ishtirok etdi.




Muhokama davomida uzoq muddat xorijda yashayotgan yurtdoshlarimizni ham mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga o'z hissasini qo'shishga sharoit yaratib berish zarurligi ta'kidlab o'tildi. "Xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalar sohasida davlat siyosati" konsepsiyasini ishlab chiqishda amalga oshirilishi zarur bo'lgan bir qator vazifalar belgilab olindi: 




Konsepsiyani - "O'zbekiston - 2030" strategiyasiga muvofiq 2025-2030-yillarga mo'ljallab ishlab chiqish;

Har bir vazirlik va idoralar o'z yo'nalishi bo'yicha konsepsiya loyihasi uchun kamida 3 tadan taklif kiritish;

Xorijdagi vatandosh va yurtdoshlar bilan hamkorlikni kengaytirish bilan bir qatorda ularni rag'batlantirish va uning mexanizmlari bo'yicha aniq takliflar ishlab chiqish. 

Tags:

0 Comment

Leave a Comment