Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Farg'onada tinchlik forumining birinchi yig'ilishi bo'lib o'tadi

By Muxtasar_Qodirova - Oct. 14, 2025, 5:40 p.m. 1,416 Views 0 Comment

Qirg'izistonning "Kabar" milliy axborot agentligi 15-16-oktyabr kunlari o'tkaziladigan "Farg'ona vodiysi: tinchlik va taraqqiyot yo'lida birdamlik" mavzusidagi Farg'ona tinchlik forumining birinchi yig'ilishi haqidagi maqolani e'lon qildi.

Nashrda ma'lum qilinganidek, forum O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) tomonidan Progressiv islohotlar markazi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT), Suv resurslarini boshqarish xalqaro instituti hamda tinchlik va ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlash masalalariga ixtisoslashgan nufuzli xalqaro tuzilmalarni birlashtiruvchi platforma – Tinchlikni barpo etish xabi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Faxriy mehmonlar qatorida BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo'yicha mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo'yicha maxsus vakili Eduards Stiprays, YXHT Nizolarning oldini olish markazi direktori Keyt Firon, OHIChK bosh kotibi Qayrat Saribay, ShHT bosh kotibi o'rinbosari Xan Soxayl, BMTning Qirg'iziston, Tojikiston va O'zbekistondagi doimiy koordinatorlari bor.

"Forumdan kutilayotgan natijalar qatorida Farg'ona vodiysini do'stlik, yaxshi qo'shnichilik va barqaror rivojlanishning yagona makoni sifatida shakllantirishga da'vat etuvchi Kommyunike qabul qilinishi ham nazarda tutilgan", – deyiladi maqolada.


Tags:

0 Comment

Leave a Comment