
Bugun O‘zbekiston Milliy universitetida buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan “Amir Temur merosi va zamonaviy shaharlar diplomatiyasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi, Birodar shaharlar alyansi, universitet rahbariyati, yetakchi professor-o‘qituvchilar, tarixchi olimlar, xalqaro munosabatlar sohasidagi mutaxassislar, do‘stlik jamiyatlari a’zolari, yosh tadqiqotchilar, iqtidorli talabalar, Toshkent shahridagi 169-sonli maktab o‘quvchilari hamda OAV vakillari faol ishtirok etdi.

Tadbirni ochib berganlar tomonidan Amir Temur siymosi nafaqat tarixiy shaxs, balki bugungi kunda ham dolzarb bo‘lgan davlat boshqaruvi va diplomatiya maktabining asoschisi sifatida e’tirof etildi.
0 Comment