Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Do‘stlik bolalikdan boshlanadi

By Muxtasar_Qodirova - 10 июля 2025 г. 17:16 187 Просмотры 0 Комментарий



Millatlararo totuvlik va hamjihatlik g'oyalarini yosh avlod ongiga singdirish, ularni bolalikdan turli millat vakillariga nisbatan do‘stlik ruhida tarbiyalash mamlakat taraqqiyotining muhim omillaridan biri sanaladi. 

Shu maqsadda 30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan yozgi oromgohlarga ketayotgan bolajonlar uchun “Do‘stlik bolalikdan boshlanadi” shiori ostida fleshmob o'tkazildi. Unda turli millat vakillaridan iborat yoshlar o‘rtasida o‘zaro hamjiyatlikka chorlaydigan interaktiv o‘yinlar, musiqa va raqslar tashkil etildi.

  



Mazkur aksiya yosh avlod qalbida bag‘rikenglik, insonparvarlik va do‘stlik ruhini yanada mustahkamlashga, mamlakatimizda yashayotgan har bir millat vakili o‘zini  shu yurtning ajralmas bir bo‘lagi sifatida his etishga yordam beradi. Bu esa millatlararo totuvlikning poydevorini yanada mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий