Yurtimizdagi Islom sivilizatsiyasi markazi jahon miqyosida e’tirof etildi va Guinness World Records tomonidan “Eng yirik islom sivilizatsiyasi muzeyi” sifatida rasman rekordlar kitobiga kiritildi!
Bu nafaqat arxitektura yoki muzey miqyosidagi yutuq — bu bizning boy tariximiz, ma’naviyatimiz va ilm-fan merosimizning yuksak qadrlanishidir.

Markazning Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgani toʻgʻrisidagi sertifikat tashkilot vakili Sheyda Subashi tomonidan tantanali ravishda topshirilgan.
Bu markaz — buyuk allomalarimiz, islom madaniyati va sivilizatsiyasining betakror namunalarini o‘z ichiga olgan haqiqiy ma’rifat maskani!
0 Комментарий