Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring



Xo‘jamurodov Egamberdi Shomuradovich

“O‘zbekiston” jurnali Bosh muharriri 


Egamberdi Xo‘jamurodov Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali «Axborot» tahririyatida muharrir, «Tezkor» guruh sharhlovchisi, muxbir-reportyor, Qoraqalpog‘iston va viloyatlar muxbirlar tarmog‘ida o‘z muxbir, “Oʼzbekiston 24» telekanalida shef-muharrirlar guruhi bosh muharriri, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.




 Mamatova Nozima Haydarali qizi

   “O‘zbekiston” jurnali mas'ul kotibi 


Nozima Mamatova  2021 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan.  "O‘zbekiston 24", "Renessans TV" hamda "Mening yurtim" telekanallarida muharrir lavozimlarida ishlagan.