Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

SHHT davlatlarida raqamli taraqqiyot: hamkorlik va istiqbollar

By Muxtasar_Qodirova - 17-Iyun, 2025-yil 18:38 105 Koʻrishlar 0 Izoh

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dolzarb va strategik ahamiyatga ega.

SHHTga a’zo davlatlarda axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish – nafaqat ichki, balki mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash uchun ham muhim ahamiyatga ega. Bu mamlakatlar raqamli infratuzilma, kiberxavfsizlik, elektron hukumat va sun’iy intellekt sohalarida hamkorlikni kuchaytirib, zamonaviy raqamli dunyoda o‘z o‘rnini mustahkamlashga intilmoqda. O‘zaro tajriba almashish, qo‘shma loyihalar va innovatsion tashabbuslar – SHHT davlatlarini umumiy raqamli kelajak sari yetaklovchi asosiy omillardan hisoblanadi. 



Shinjon Uyg‘ur avtonom rayoni Karamay shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga mas’ul vazirlik va idoralari rahbarlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.   



Mazkur uchrashuv davomida SHHT doirasida raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar, bulutli hisob-kitoblar, aqlli shahar texnologiyalari kabi ilg‘or raqamli yechimlarni joriy etish kabi masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, axborot xavfsizligi, raqamli infratuzilma, davlat boshqaruvi va raqamli iqtisodiyot sohalarida hamkorlikni kengaytirish muhokama qilindi.   

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi. 

Yig‘ilish yakunida SHHTga a’zo davlatlar o‘rtasida raqamli transformatsiya sohasida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan Harakatlar rejasi qabul qilindi. 

                                                                                                                               O‘zA

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring