O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish maqsadida o‘zining yuksak azmu shijoati, ijodiy va intellektual salohiyati, iste’dod va qobiliyatini namoyon etib, halol va samarali mehnati, turli sohalarda erishgan yutuqlari bilan yurtimiz taraqqiyotiga, uning xalqaro obro‘-e’tiborini yanada yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan, ona Vatanimizga mehri va sadoqati, namunali xulqi va odobi hamda vatanparvarlik fazilatlari bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan quyidagi tashabbuskor va yetakchi yoshlar «Kelajak bunyodkori» medali bilan mukofotlansin:
Abdiganiyeva Nadira Abdinazar qizi - Qoraqalpoq davlat universitetining 1-bosqich magistranti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Ismoilov Jamshidbek Rashid o‘g‘li - To‘rtko‘l tumanidagi «Navoiy» mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Ibroximova Rayyona Nodirbek qizi - Andijon shahridagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi, Andijon viloyati
Rejavaliyev Jamshidbek Jasurbek o‘g‘li - Andijon shahridagi «Wester Group RJ» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Andijon viloyati
Dehqonova Ruxshona Shuxrat qizi - Buxoro davlat pedagogika institutining 1-bosqich talabasi, Buxoro viloyati
Tuksanov Parviz Abduraximovich - Buxoro shahridagi «Phoenix Academy» o‘quv markazining SAT imtihoni bo‘yicha tayyorlovchi-mutaxassisi, Buxoro viloyati
Adilova Farzona Alisher qizi - Jizzax shahri yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i, Jizzax viloyati
Turdiboyev Akbar Ikrom o‘g‘li - Do‘stlik tumanidagi «Wegroww Tech» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Jizzax viloyati
Jalilov Abdikarimbek Abdixalil o‘g‘li - «Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» mas’uliyati cheklangan jamiyatining loyihalar ofisi guruhi mutaxassisi, Qashqadaryo viloyati
Xodiyeva Sitora Shoxabbos qizi - Qarshi davlat texnika universitetining tayanch doktoranti, Qashqadaryo viloyati
Aslonov Abror Burxonovich - «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatining ammiak ishlab chiqarish sexi smena katta ustasi, Navoiy viloyati
Maksyutova Alina Xurshidovna - Navoiy shahridagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi, Navoiy viloyati
Axmadaliyeva Niholaxon Foziljon qizi - Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining xalqaro moliya kafedrasi katta o‘qituvchisi, Namangan viloyati
Mamadaliyev Zaxiriddin Sayfiddin o‘g‘li - Namangan shahridagi «Nightmare Labs» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati
Qudratov Shoxrux Odil o‘g‘li - Samarqand shahridagi «Polyglot school» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Samarqand viloyati
Salimova Maxbuba Xidirbay qizi - Samarqand davlat universitetining 1-bosqich magistranti, Samarqand viloyati
Abdualimov Alisher Samandar o‘g‘li - Sirdaryo tumanidagi «Sir uni xizmati» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Sirdaryo viloyati
Jo‘raboyeva Ziyoda Olimjon qizi - Guliston tumanidagi «Ozodbek tuhfasi» fermer xo‘jaligi mexanizatori, Sirdaryo viloyati
Ismatov Shahzod Baxtiyor o‘g‘li - Termiz shahridagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati
Xakimjonova Sitoraxon Abduqaxor qizi - Sariosiyo tumanidagi «Sitora Profession» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Surxondaryo viloyati
Mamatqulov Qahramon O‘ktam o‘g‘li - Bekobod shahridagi «Ibrat xos obod» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati
Sadikova Feruza Ravshanbek qizi - Toshkent viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining taekvondo bo‘yicha murabbiysi
Maxmudov Saidaxmadxon Saidaxrorxon o‘g‘li - Marg‘ilon shahridagi «Textile Group and Gold» xususiy korxonasi rahbari, Farg‘ona viloyati
Nabiyeva Sabina Sherzod qizi - Amerika Qo‘shma Shtatlarining Arizona universiteti 3-bosqich talabasi, Farg‘ona viloyati
Ochilova Maftuna Omonjon qizi - Urganch shahridagi «Nurli hayot» mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi, Xorazm viloyati
Yusupov Dilshodbek Ulug‘bekovich - Urganch shahridagi «Diip logistech» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Xorazm viloyati
Quryozova Shohsanam Ozodboy qizi - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 2-bosqich talabasi, Toshkent shahri
Xalikov Sherzod Yakubjanovich - Yashnobod tumanidagi 30-Mehribonlik uyi tarbiyachisi, Toshkent shahri
Abdixolikov Bobir Alisher o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Bo‘tayeva Gulasal Toshqul qizi - Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining 2-bosqich talabasi
G‘oyibova Orzugul Umarovna - «Ibrat farzandlari» nodavlat notijorat tashkiloti eksperti, «TOP-100 Uni» loyihasi rahbari
Isroilova Aziza Ilhom qizi - «EPAM Systems» kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ma’lumot tahlilchisi, dasturchi
Kambarov Asror Avazovich - «Uzbekistan airways» aksiyadorlik jamiyatining Parvoz xizmati departamenti «A-320» havo kemasi uchuvchisi
Muxtorov Sardorbek Nuroli o‘g‘li - «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «O‘zbekiston» lokomotiv deposi «Afrosiyob» yuqori tezyurar elektropoyezdi mashinisti
Sabirov Nariman Ruslanovich - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining endoskopiya bo‘limi shifokor-endoskopisti
Saipova Fotima Dilshod qizi - Velosport bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi
Toxirjonova Gulruxbegim Alisher qizi - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zosi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev
0 Izoh