Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Ijtimoiy hamkorlik istiqbollari

By Muxtasar_Qodirova - 12-Sentabr, 2025-yil 12:53 502 Koʻrishlar 0 Izoh

“Mamlakatimizda yashovchi turli millat va elat vakillarini umummilliy qadriyatlar atrofida birlashtirishda ijtimoiy hamkorlik istiqbollari” mavzusida seminar-trening  bo‘lib o‘tmoqda.




Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi hamda Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamkorligida o‘tkazilayotgan mazkur tadbirda qo‘mita va fond rahbariyati, milliy madaniy markaz vakillari, deputatlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.




Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Qahramon Sariyev umummilliy totuvlikni ta’minlashning muhim elementi sifatida mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha millatlar va elatlarning madaniyati, tili, urf-odatlari, qadriyat va an’analarini saqlash hamda yosh avlodga yetkazish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganligini alohida to‘xtalib o‘tdi. Joriy yil iyul oyida Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi joylashgan bino yaqinida umummilliy totuvlikning o‘ziga xos ramzi bo‘lgan Milliy madaniy markazlar pavilonining barpo etilishi, u yerda 22 ta millatga xos bo‘lgan uylar barpo etilgani milliy madaniy markazlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining katta sovg‘asi bo‘lganligini, ushbu pavilonni umummilliy totuvlik maskani deyish mumkinligini ta’kidlab o‘tdi. 

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring