Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Hududlararo shaharsozlik va ilmiy-texnika tarmoqlarida hamkorlik

By Muxtasar_Qodirova - 16-Sentabr, 2025-yil 16:33 505 Koʻrishlar 0 Izoh

Birodar shaharlar alyansi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi “Toshkentboshplan LITI” davlat muassasasi hamkorligida  “Hududlararo shaharsozlik va ilmiy-texnika tarmoqlarida hamkorlik” mavzusidagi davra suhbati o'tkazildi.  




Davra suhbatda O‘zbekiston Respublikasi  Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi “Toshkentboshplan LITI” davlat muassasasi vakillari, Do‘stlik jamiyatlari a’zolari va faollari, viloyat hokimiyatlaridan ishchi guruh a’zolari (onlayn tarzda) va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.





Tadbirda hududlararo hamkorlikni mustahkamlash va shaharsozlik sohasida ilmiy-texnika aloqalarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qartildi. Shuningdek, yig‘ilganlar shaharsozlikda zamonaviy yo‘nalishlar, innovatsiyalarni joriy qilish va jamoatchilik ishtirokiga ham to‘xtalib o‘tdilar. 


Tadbir yakunida Birodar shaharlar alyansi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi “Toshkentboshplan LITI” davlat muassasasi o‘rtasida anglashuv memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu qadam tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish, shaharsozlik va ilmiy-texnika sohalarida samarali hamkorlikka mustahkam poydevor yaratishga xizmat qiladi. 

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring