Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

"Oʻzbekiston – yagona Vatan!" shiori ostida do‘stlik va hamjihatlik anjumani bo‘lib o‘tdi

By Muxtasar_Qodirova - 3-Oktabr, 2025-yil 20:36 1,358 Koʻrishlar 0 Izoh

Surxondaryo viloyati Denov tumani Tadbirkorlik va pedagogika institutida “Oʻzbekiston – yagona Vatan” shiori ostida muhim uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillarining oʻzaro tengligi, doʻstligi va birdamligi, shuningdek, ularning Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga qoʻshayotgan hissasi alohida eʼtirof etildi.




 Uchrashuvda tumandagi tojik, rus, tatar, turkman millatlariga mansub taniqli va faol shaxslar ishtirok etdi. Ular millatlararo totuvlik va barqarorlikni saqlash borasidagi qarashlarini, shuningdek, oʻz hayotiy tajribalari bilan oʻrtoqlashishdi.




Tadbir davomida institutda tahsil olayotgan tojik millatiga mansub talabalar tomonidan tinchlik, do‘stlik va totuvlik g‘oyalarini tarannum etuvchi badiiy chiqishlar namoyish etildi. Bu chiqishlar barcha ishtirokchilarda chuqur taassurot qoldirdi. Bunday tadbirlar – Oʻzbekistonda millatlararo totuvlik siyosati yuksak darajada amalga oshirilayotganining yaqqol dalilidir.



Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring