Turkiyaning eng qadimgi va nufuzli oliy oʻquv yurtlaridan biri bo'lgan Istanbul universitetida vatandoshlar bilan uchrashuv va Konstitutsiyamizning 33 yilligiga bag’ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi, “Vatandoshlar” jamoat fondi, Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi, madaniyat sohasi vakillaridan iborat delegatsiya a'zolari tomonidan O‘zbekistonda turli sohalarda keng ko‘lamli islohotlar va imkoniyatlar yaratilayotgani, jumladan, xorijdagi vatandoshlarni himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashda mutlaqo yangicha yondashuvlar amalga oshirilayotgani, shu nuqtai nazardan, uchrashuv ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni rivojlantirish, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasidagi maqsad va vazifalar to‘g‘risida axborot berildi.
0 Izoh