
2025-yilning 4-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi muassisligidagi “O‘zbekiston” jurnali ijodiy xodimlarining jurnalxonlar bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur
uchrashuv milliy madaniy markazlar pavilonida tashkil etilib, unda O‘zbekiston qirg‘iz
milliy madaniy markazi hamda O‘zbekiston tatar milliy madaniy markazi faollari ishtirok
etdilar.

Samimiy
suhbat chog‘ida “O‘zbekiston” jurnali o‘z faoliyatini 2018-yildan boshlaganligi,
bir yilda 4 marta, ya’ni har chorakda o‘zbek,
rus va ingliz tillarida chop etilishi, ayni kunlarda uning bu yilgi 4-soni nashrga
tayyorlanayotganligi aytib o‘tildi. Jurnal O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi
vakolatxonalari orqali dunyoning 55 ta davlatiga tarqatiladi.

Ma’lumki,
2025-yilning iyul oyida mamlakatimizda Xalqlar do‘stligi kuni doirasida “Do‘stlik
haftaligi” o‘tkazildi. Bayram tadbirlari yurtimizda umummilliy totuvlik va hamjihatlik,
o‘zaro bag‘rikenglik munosabatlarini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligini
namoyish etdi. Bayram doirasida O‘zbekiston qirg‘iz milliy madaniy markazi respublikamizdagi faol markazlardan biri deb topilgani
va 3-darajali diplom bilan taqdirlangani quvonchli voqea bo‘ldi.

Shu
yilning 10-16-noyabr kunlari keng nishonlangan “Bag‘rikenglik haftaligi” esa O‘zbekiston
Respublikasida faoliyat yuritayotgan 16 ta diniy konfessiyalar o‘rtasidagi do‘stlik
va hamkorlik munosabatlari mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda
katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi. Jurnalning 2025-yil 4-sonida “Bag‘rikenglik
haftaligi” tadbirlari keng yoritilishi ta’kidlandi.
Ijodiy uchrashuvda jurnalxonlarni qiziqtirgan ko‘plab
savollarga atroflicha javob qaytarildi.
Muallif:
O.Dushayev
0 Izoh