Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Konstitutsiya – millatlararo tenglik va totuvlik kafolati

By Muxtasar_Qodirova - 13-Dekabr, 2025-yil 16:45 944 Koʻrishlar 0 Izoh



Bugun O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi hamda Toshkent shahar tatar jamoatchilik madaniy-ma’rifiy markazi, O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligiga bag‘ishlab "Konstitutsiya - millatlararo tenglik va totuvlik kafolati"  mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda Qo'mita rahbariyati va xodimlari va Milliy madaniy markazlar faollari ishtirok etdi.




Tadbirda Konstitutsiyaning jamiyat hayotidagi o‘rni, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishdagi asosiy tamoyillar, shuningdek, yangilangan Konstitutsiyaning amaliy ahamiyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.




Davra suhbati davomida:


– Konstitutsiyaning inson huquq va manfaatlari ta'minlanishidagi roli;


– Ijtimoiy davlat tamoyillarining hayotga tatbiq etilish jarayonlari;


– Huquqiy madaniyatni oshirishning ahamiyati

kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring