O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va
xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi qoshidagi milliy madaniy
markazlar pavilyonida Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda “Yangi
O‘zbekistonda yangi yil ruhiyati va mo‘jizasi” shiori ostida yurtimizdagi
milliy madaniy markazlar ishtirokida yangi yil bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qo‘mita rahbariyati, Toshkent shahar hokimligi
mas’ullari, milliy madaniy markazlar faollari, do‘stlik jamiyatlari a’zolari,
OAV xodimlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Bayramning
badiiy qismida O‘zbekiston san’at ustalari hamda milliy madaniy markazlarning
ijodiy jamoalari ishtirokida musiqiy konsert dasturi taqdim etildi.
0 Izoh