Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Do‘stlik pavilonida Yangi yil shukuhi

By Muxtasar_Qodirova - 26-Dekabr, 2025-yil 21:46 1,452 Koʻrishlar 0 Izoh

Bugungi kunda O‘zbekistonda 157 ta milliy madaniy markaz faoliyat yuritib, ularning madaniy merosini asrash va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.


Turli millat vakillari ishtirokida o‘tkazilayotgan tadbirlar esa jamiyatda bag‘rikenglik, totuvlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi qoshidagi milliy madaniy markazlar pavilonida Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekistonda Yangi yil ruhiyati va mo‘’jizasi” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.


Rasmiy ochilish marosimida Qo‘mita raisi Qahramon Sariyev so‘zga chiqib, ishtirokchilarni kirib kelayotgan 2026 yil bilan qutladi. Shuningdek, Turkman milliy madaniy markazi raisi Guldana Avezdurdiyeva, Rus milliy madaniy markazi raisi Sergey Mironov va Qozoq milliy madaniy markazi raisi Serekbay Usenov tabrik so‘zlari bilan ishtirok etdi.


Tadbir davomida mehmonlar milliy madaniy markazlarning Yangi yil ko‘rgazmalari bilan tanishib, milliy liboslar, amaliy san’at namunalari va an’anaviy taomlarni tomosha qildilar. Bayramning badiiy qismida san’at ustalari va ijodiy jamoalar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.


                                                                                                                                        O‘zA

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring