Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Mushtarak maqsad sari

By Muxtasar_Qodirova - 31-Yanvar, 2026-yil 20:24 1,014 Koʻrishlar 0 Izoh



O‘zbekiston qirg‘iz milliy madaniy markazining navbatdagi hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda markaz rahbariyati, faol a’zolar, ziyolilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida markaz tomonidan o‘tgan hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil hisobot taqdim etildi.

Yig‘ilishda o‘tgan davr mobaynida tashkil etilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar, bayramlar, ijodiy uchrashuvlar, yoshlar bilan olib borilgan maqsadli ishlar, ta’lim va tarbiya yo‘nalishidagi loyihalar muhokama qilindi. Shuningdek, milliy qadriyatlarni yosh avlod ongiga singdirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda jamoatchilik bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar asosida kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi. Yig‘ilish yakunida markaz faoliyati ijobiy baholanib, hisobot qoniqarli deb topildi.




Yig‘ilish davomida markaz tomonidan joriy yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar muhokama qilindi. Jumladan, madaniy tadbirlar ko‘lamini kengaytirish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, hududlarda faoliyatni yanada jonlantirish, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqildi. Tadbir ishtirokchilari belgilangan vazifalarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.


Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring