Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatlarga o‘qish maqsadida safar qilgan?

By Muxtasar_Qodirova - 12-Fevral, 2026-yil 23:47 1,232 Koʻrishlar 0 Izoh

So‘nggi yillarda yoshlarning xorijiy ta’limga bo‘lgan qiziqishi yuqori darajada saqlanib qolmoqda.

Biroq, 2025-yil yakunlariga ko‘ra, chet elda tahsil olishni tanlagan o‘zbekistonliklar soni ma’lum darajada kamaygan. Milliy statistika qo‘mitasi e’lon qilgan raqamlar ushbu yo‘nalishdagi holat qanday ekanini yaqqol namoyon etmoqda.


2025-yil davomida 28 ming 954 nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘qish maqsadida chet elga safar qilgan. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 6,9 ming nafarga yoki 19,3 foizga kamaygani qayd etildi.


Tahlillarga ko‘ra, o‘zbekistonlik yoshlar ta’lim olish uchun eng ko‘p Rossiyani tanlagan — ushbu davlatga 6 ming 498 nafar talaba yo‘l olgan. Keyingi o‘rinlarda Tojikiston (6 039 nafar) va Qirg‘iz Respublikasi (4 648 nafar) qayd etilgan.


Shuningdek, Janubiy Koreyaga 3 ming 513 nafar, Turkiyaga 2 ming 496 nafar, Xitoyga 1 ming 259 nafar, Qozog‘istonga 1 ming 97 nafar talaba safar qilgan.


Yevropa va Amerika davlatlari orasida esa Buyuk Britaniya (886 nafar), Germaniya (391 nafar) hamda AQSH (351 nafar) o‘zbekistonlik talabalar eng ko‘p yo‘l olgan davlatlar sifatida qayd etildi.


Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilda o‘zbekistonliklar ta’lim olish maqsadida jami 35 ta xorijiy davlatga safar qilgan.

Hamroz Bayanov, O‘zA

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring