Zoom platformasi orqali axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirish, axborot xavfsizligini ta’minlash hamda sun’iy intellekt tushunchalariga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminar raqamli makonda xavfsizlikni mustahkamlash, kibertahdidlarga qarshi samarali mexanizmlarni ishlab chiqish va mutaxassislarning zamonaviy bilim hamda ko‘nikmalarini oshirishga qaratildi. Seminar davomida kiberjinoyatlarning turlari, xususan, fishing, zararli dasturlarning xavflari, shuningdek, axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini himoya qilish, kuchli parol siyosatini yuritish, zamonaviy shifrlash texnologiyalaridan foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir doirasida sun’iy intellektning imkoniyatlari va xavflari, uning kiberxavfsizlik tizimlarida qo‘llanilishi, tahdidlarni aniqlash va tezkor javob qaytarish jarayonlaridagi o‘rni haqida ham ma'lumotlar taqdim etildi. Amaliy misollar asosida real vaziyatlar tahlil qilinib, ishtirokchilarga profilaktik choralarni kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
0 Izoh