
Andijon shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi viloyat teatrida “Maslenitsa – 2026” milliy-an’anaviy bayrami nishonlandi.

Mazkur madaniy tadbir millatlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, turli millatlarning boy madaniy merosini targ‘ib etish maqsadida tashkil etildi. Bayram dasturi rang-barang sahna ko‘rinishlari, milliy qo‘shiqlar va folklor chiqishlariga boy bo‘ldi. Unda rus, uyg‘ur, arman va boshqa milliy madaniy markazlar faollari tomonidan kuy-qo‘shiqlari ijro etildi.

Maslenitsa – bayrami rus millatining qadimiy bahoriy an’analaridan biri bo‘lib, u tabiat uyg‘onishi, qish faslining yakunlanishi va bahor kirib kelishini ramziy tarzda ifodalaydi.
0 Izoh