Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Ijodiy uchrashuv

By Muxtasar_Qodirova - 19-Fevral, 2026-yil 15:15 1,101 Koʻrishlar 0 Izoh



O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi muassisligidagi “O‘zbekiston” jurnali tahririyati xodimlarining bu galgi ijodiy muloqoti O‘zbekiston jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari bilan bo‘lib o‘tdi.



Ta’kidlash joizki, ushbu fakultet mahalliy va xalqaro ommaviy axborot vositalari uchun jurnalist  kadrlarni, shuningdek, matbuot va axborot xizmati xodimlarini tayyorlaydi. Ayni paytda fakultetda o‘quv darslarini zamon talablari darajasiga ko‘tarish, axborot texnologiyalaridan keng foydalanishga e’tibor qaratilmoqda. Birgina misol: o‘quv dargohida tashkil etilgan mediastudiyada talaba yigit-qizlar turli videoroliklar, podkastlar tayyorlash, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish sirlarini o‘rganmoqdalar.



Ijodiy  uchrashuvda talabalarga “O‘zbekiston” jurnalining bugungi kundagi faoliyati haqida ma’lumotlar berildi. Jurnal davlatimiz rahbarining qaroriga asosan 2018-yildan buyon faoliyat yuritayotgani, o‘zbek, rus va ingliz tillarida bir yilda 4 marta chop  etilayotgani va xalqaro diplomatik korpuslar orqali dunyoning 55 ta davlatiga tarqatilayotganligi aytildi. Ayni paytda jurnal nusxalari  tahririyat tomonidan Transport vazirligiga xalqaro yo‘nalishda qatnovchi yo‘lovchi samolyotlar  va yo‘lovchi poyezdlarining salonlariga joylashtirish uchun yetkazib berilmoqda.




Ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi jurnal sahifalaridan rasmiy xabarlarga, o‘z navbatida, yurtimizdagi milliy madaniy markazlar hamda xorijdagi vatandoshlarimiz  faoliyati bilan bog‘liq maqolalarga ham keng o‘rin berilmoqda.


Samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda bo‘lg‘usi jurnalistlarning barcha savollariga keng qamrovli javoblar qaytarildi.


Muallif: H. Mamatov.


Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring