Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Muso Jalil tavalludining 120 yilligi

By Muxtasar_Qodirova - 22-Fevral, 2026-yil 20:03 1,132 Koʻrishlar 0 Izoh

Bugun Millatlararo munosabatlar qo'mitasida atoqli tatar shoiri Muso Jalil tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha o'tkazildi. 




Tadbirda Qo'mita mas'ul xodimlari, milliy madaniy markazlar faollari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. Tadbir davomida atoqli tatar shoiri Muso Jalilning boy ijodiy merosi haqida soha mutaxassislari va adabiyotshunos olimlarning ma’ruzalari tinglandi. Ma’ruzalarda shoirning hayot yo‘li, uning mardlik va vatanparvarlik ruhidagi asarlari, inson qadr-qimmatini ulug‘lagan she’rlari atroflicha tahlil qilindi. Xususan, “Moabit daftarlari”ning yaratilish tarixi, ularning tarixiy va badiiy ahamiyati, shoir ijodining bugungi avlod tarbiyasidagi o‘rni haqida batafsil so‘z yuritildi.




Shundan so‘ng, Toshkent shahar tatar jamoatchilik madaniy-ma’rifiy markazi faollari tomonidan shoir ijodidan namunalar ijro etildi. She’rlar jo‘shqin va ta’sirchan ohangda yangrab, tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.  Mazkur adabiy-badiiy kecha turli millat vakillari o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro hurmat va madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz. 



Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring