Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Mahorat darsi o‘tkazildi

By Muxtasar_Qodirova - 24-Fevral, 2026-yil 10:53 1,222 Koʻrishlar 0 Izoh



“Avdet” nomidagi Toshkent shahar qrimtatar milliy madaniy markazi tomonidan milliy naqshlar tasviri bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi. Tadbir bolalar va kattalarni ijodiy muhitda birlashtirib, milliy san’at an’analariga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.



Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar nafaqat rasm chizish jarayonida qatnashdilar, balki naqshlar mazmuni va ramziy ma’nosi haqida ham batafsil ma’lumot oldilar. 




Bunday mahorat darslari milliy madaniy merosni asrab-avaylash, uni yoshlarga yetkazish hamda avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy bog‘liqlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring