Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Umummilliy totuvlik – bosh mezonimiz

By Muxtasar_Qodirova - May 15, 2025, 5:01 p.m. 100 Views 0 Comment

O‘zbekiston Respublikasi Millatalararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita muassisligida chop etilayotgan “O‘zbekiston” jurnali tahririyati xodimlarining jurnalxonlar bilan uchrashuvlari anʼana tusini olgan. Ana shunday muloqotlardan biri Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 45-umumiy taʼlim maktabida bo‘lib o‘tdi.



 


Uchrashuvda mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik,bu   muhitning asosiy mezonlari bo‘lgan umummilliy totuvlik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, birdamlik va hamjihatlik tamoyillari haqida so‘z bordi.




Maʼlumki, hozirgi vaqtda mamlakatimizda 157 ta milliy madaniy markaz, 38 ta do‘stlik jamiyati   faoliyat yuritmoqda.Uzoq va yaqin xorijiy davlatlarda 100 ga yaqin vatandoshlar jamoat tashkilotlari mavjud bo‘lib, ularning 50 tasi bilan bevosita hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. “Ozbekiston” jurnali tahririyati o‘z faoliyatida asosiy eʼtiborni ana shu milliy madaniy markazlar hamda yuqorida qayd etilgan tashkilotlar hayotiga oid maqolalarni chop etish, millatlar o‘rtasida do‘stlik aloqalarini yana-da mustahkamlash, ajdodlarimizining ibratli hayot yo‘lini yoritish orqali yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga qaratmoqda.




Taʼkidlash joizki,respublikamizdagi 10 mingdan ziyod umumiy taʼlim maktablarining 2 mingdan ziyodida darslar qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman, rus singari  qardosh millatlarning ona  tillarida olib borilmoqda. O‘z navbatida bu maktablarda davlat tilini o‘rganishga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, Sariosiyo tumanidagi 45-umumiy taʼlim maktabi tojik tiliga ixtisoslashgani bilan ahamiyatlidir.




Jurnalxonlar bilan uchrashuvda tahririyat xodimlari maktab jamoasini qiziqtirgan turli savollarga javob qaytardilar.


 


Haydarali MAMATOV

Tags:

0 Comment

Leave a Comment