Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

“Umumilliy birdamlikni taʼminlash va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim asosi”

By Muxtasar_Qodirova - July 9, 2025, 4:44 p.m. 278 Views 0 Comment

O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan 30 iyul – “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan joriy yil 25-31 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan “Do‘stlik” festivali doirasida 2025 yil 29 iyul kuni “Umumilliy birdamlikni taʼminlash va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim asosi” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazish rejalashtirilgan.



Shu munosabat bilan O‘zbekistonda yashab kelayotgan turli millat vakillari o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash, umummilliy totuvlikni taʼminlash, millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirish hamda xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalar mavzularida ilmiy maqolalar qabul qilinadi.

Anjumanda quyidagi shoʻbalar faoliyat ko‘rsatadi:

1-shoʻba. Yangi O‘zbekistonda yagona fuqaroviy o‘zlikni shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari: umummilliy totuvlik, bag‘rikenglik, millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirish va mustahkamlash.

2-shoʻba. O‘zbekistonning xalqaro imijini oshirishda xalq diplomatiyasi mexanizmlari ahamiyati: Xorijiy davlatlar hududlari bilan do‘stlik va birodarlik aloqalarini rivojlantirish hamda xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarning mustahkamlash zarurati.

Maqolalarni rasmiylashtirishda quyidagi talablarga rioya etilishi lozim:

- A 4 format, 14 shrift, 1.5 interval, WORD, 5-7 betgacha;

- o‘ng tomon burchakda talabgor ismi sharifi, ish joyi, varaq o‘rtasida  maqolaning mavzusi yoziladi;

- iqtibos (snoska)lar pastda, har biri yangi betda 1 raqamidan boshlanadi.

Maqolalar, 2025 yil 15 iyulga qadar, o‘zbek, rus, ingliz tillarida elektron variantda qabul qilinadi.

Maqolada aks etgan material va faktlar uchun mualliflarning o‘zlari maʼsuldirlar.

Mavzuga oid bo‘lmagan matnlar chop etilmaydi va egalariga qaytarilmaydi.

Tashkiliy qo‘mita manzili: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi 45-uy. O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar
va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi, 2-qavat, 201 xona.

Maqolalarning elektron nusxasini [email protected] yoki +998939220020, +998903295055 telegram raqamlariga taqdim etishingiz mumkin.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment