Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

She‘r ayting va qimmatbaho sovg‘aga ega bo‘ling!

By Muxtasar_Qodirova - Oct. 9, 2025, 11:20 a.m. 1,562 Views 0 Comment



Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi munosabati bilan “O‘zbek tili barchamizni birlashtiradi!” shiori ostida turli millat va elatlar vakillari bo‘lgan fuqarolar, shu jumladan yoshlar o‘rtasida “O‘zbek tiliga bag‘ishlangan eng yaxshi she’r ijrochisi” tanlovini e’lon qiladi.

🔽Tanlovni o‘tkazish tartibi: 

✅turli millatga mansub ishtirokchilarning o‘zbek tiliga bag‘ishlangan she’r ijrosi namunalari (video, audio shaklda) tanlov tashkilotchisiga (Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasiga) yuboriladi;

✅yuborilgan namunalar dastlabki tarzda saralanib, Qo‘mitaning telegramdagi rasmiy sahifasida onlayn ovozga qo‘yiladi va eng ko‘p ovoz to‘plagan ishtirokchilar ovozlar soniga qarab 1-o‘rin, 2-o‘rin, 3-o‘rinni egallaydi.

G‘oliblar joriy yil 20-oktabr kuni Milliy madaniy markazlar pavilyonida “O‘zbek tili barchamizni birlashtiradi!” shiori ostida o‘tkaziladigan bayram tadbirida qimmatbaho va esdalik sovg‘alar bilan tantali ravishda taqdirlanadi! 


👉 Tanlovda ishtirok etish uchun namunalarni 13-oktabrga qadar [email protected] yoki +998977227677, +998915691699 telegram raqamlari orqali taqdim etishingiz mumkin.


📝 Eslatma: Tanlovga yuborilayotgan ijodiy ish bilan birga ishtirokchi haqida to‘liq ma’lumot — F.I.Sh., telefon raqami hamda qaysi millat vakili ekanligi ko‘rsatilishi shart.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment