Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Oʻzbek tili barchamizni birlashtiradi!

By Muxtasar_Qodirova - Oct. 20, 2025, 6:30 p.m. 1,495 Views 0 Comment

Ayni vaqtda Qo'mita tomonidan milliy madaniy markazlar pavilyonida oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi hamda  21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Oʻzbek tili barchamizni birlashtiradi!” shiori ostida milliy madaniy markazlar bilan birgalikda tantanali ma’naviy-ma’rifiy tadbir o'tkazilmoqda.

Tadbirda Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi, Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi rahbariyati, milliy madaniy markazlar faollari hamda OAV vakillari ishtirok etmoqda.


Tadbirning asosiy qismida Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi raisi K. Sariyev nutq so‘zlab, o‘zbek tilining boy tarixi va bugungi kunda uning sofligini saqlashda amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi. Tadbir ishtirokchilarini oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi hamda 21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami bilan qutladi. 



📷Instagram |🌐YouTube| 📱Facebook | 🌐 Veb-sayt

Tags:

0 Comment

Leave a Comment