
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita binosida O‘zbekiston “Birodar shaharlar alyansi” hamda “O‘zbekiston-Vyetnam” do‘stlik jamiyati hamkorligida davra suhbati o'tkazildi.

Tadbirda Qo'mita xodimlari, “Birodar shaharlar alyansi” hamda “O‘zbekiston-Vyetnam” do‘stlik jamiyati rahbariyati, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari ishtirok etdi. Tadbir davomida ikki davlat o‘rtasida xalq diplomatiyasini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

0 Comment