Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Davra suhbati

By Muxtasar_Qodirova - Jan. 31, 2026, midnight 1,025 Views 0 Comment



Bugun Birodar shaharlar alyansi, “O‘zbekiston–Latviya” va “O‘zbekiston–Litva” do‘stlik jamiyatlari, Toshkent davlat texnika universiteti hamkorligida  “Birodar shaharlarda ilmiy-texnika rolini oshirish va rivojlantirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. 




Davra suhbatida Ozarbayjon, Qozog'iston universitetlari, Litvadagi o‘zbek madaniy markazi, 160 ga yaqin professor-o‘qituvchilar, talabalar, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. Unda birodar shaharlar o‘rtasida ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma loyihalar, innovatsiyalar va xalqaro tajriba almashinuvi masalalari muhokama qilindi.




Tadbir yakunida Birodar shaharlar alyansi va Toshkent davlat texnika universiteti o‘rtasida imzolangan anglashuv memorandumi imzolandi.  

Tags:

0 Comment

Leave a Comment