Bugun “O‘zbekiston–Tojikiston” do‘stlik jamiyatining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi vakillari hamda jamiyat a’zolari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda jamiyatning 2025-yildagi faoliyati tahlil qilinib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan fikr almashildi. Ma'lumot oʻrnida, 2019-yilda tashkil etilgan “O‘zbekiston–Tojikiston” do‘stlik jamiyati madaniy-ma’rifiy va ta’lim-fan sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Yig'ilishda Qo‘mita bo‘lim boshlig‘i A. O‘roqov mamlakatimizda do‘stlik jamiyatlari faoliyati va ular uchun yaratilgan sharoitlar, shuningdek, Qo‘mita va jamiyat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari haqida ma’lumot berdi. Tadbirda jamiyat tarkibiga yangi a’zolar qabul qilindi. Shuningdek, ishtirokchilar ko‘pchilik ovoz bilan Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qarshiyev Rustam Jo‘rayevichni “O‘zbekiston–Tojikiston” do‘stlik jamiyati boshqaruvi raisi etib sayladilar.

Yakunda jamiyatning 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalari va rejalar belgilab olindi.

0 Comment