Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Milliy madaniy markazlar faoliyati

By Muxtasar_Qodirova - March 3, 2026, 7:48 p.m. 1,192 Views 0 Comment



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi  PF-52-son farmoni va PQ-115-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Qo‘mita raisi K.Sariyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov  bilan birgalikda Nukus shahrida amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi.  


Ishchi guruh tomonidan:


Nukus shahridagi Do'stlik uyida joylashgan 5 ta milliy madaniy markazlar (turkman, rus, qozoq, ukrain, koreys) faoliyati bilan yaqindan tanishildi; 




Ushbu markazlar tomonidan milliy urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, yosh avlodni millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi; 


Markazlarning moddiy-texnik bazasi, ijodiy jamoalari, to‘garaklar faoliyati hamda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish borasidagi tajribasi ko‘zdan kechirildi; 




Milliy madaniy markazlar faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hududlarda millatlararo totuvlikni mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment