Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

O‘zbekistonda Gruziya madaniyati kunlari

By Muxtasar_Qodirova - March 10, 2026, 10:32 a.m. 1,225 Views 0 Comment

O‘zbekistonda 9-11-mart kunlari “Gruziya madaniyati kunlari” tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida O‘zbekistonda “Gruziya madaniyati kunlari”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.




Unda, ikiki mamlakat madaniyat vazirlari, Qo'mita rahbariyati,  diplomatik korpus vakillari, milliy madaniy markazlar faollari, o'zbek hamda gruzin san’ati ixlosmandlari ishtirok etishdi.  “Gruziya madaniyati kunlari”ning rasmiy ochilish marosimiga bag‘ishlangan  gala-konsert dasturi “Madaniyatlar muloqoti: O‘zbekiston va Gruziya - asrlar merosi va zamon nafasi” deya nomlandi.  




Konsertda O‘zbekistonning “Tumor” raqs ansambli hamda Gruziyaning “Erisioni” davlat akademik xalq ashula va raqs ansambli o‘z san’atlarini namoyish etishdi.




Eslatib o‘tamiz, 2024-yilning 9-12-iyul kunlari Gruziyaning Tbilisi shahrida “O‘zbekiston madaniyati va kino kunlari” tadbirlari tashkil etilgan edi.  Unda, o‘zbekistonlik san’atkorlar va raqqosalar ishtirokida gala-konsert dasturi va kinofilmlar namoyishi tashkil etilgan.



Tags:

0 Comment

Leave a Comment