Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Nyu-Yorkda iftorlik dasturxoni yozildi

By Muxtasar_Qodirova - March 11, 2026, 1:15 p.m. 1,228 Views 0 Comment

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan o‘tkazilgan mazkur tadbirda o‘zbek jamoatchiligi va diaspora vakillari, jamoat tashkilotlari faollari hamda AQShda yashayotgan vatandoshlar ishtirok etdi. Iftorlikning tashkil etilishi mamlakat rahbariyatining xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlash, milliy an’analarni asrab-avaylash va o‘zbek diasporasi birdamligini rivojlantirishga qaratilgan izchil siyosatining yana bir tasdig‘i bo‘ldi.




Nyu-Yorkda istiqomat qilayotgan hamyurtlarimiz O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar so‘nggi yillarda jadal rivojlanayotganini alohida ta’kidladilar. Shuningdek, uchrashuvda madaniy-diniy an’analarni asrab-avaylash, vatandoshlar o‘rtasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, birdamlik va hamjihatlikni mustahkamlash muhimligi qayd etildi.




Ishtirokchilar O‘zbekiston rahbariyatiga xorijdagi vatandoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va doimiy qo‘llab-quvvatlov uchun samimiy minnatdorlik bildirdilar.




Manba – "Dunyo" AA 

Tags:

0 Comment

Leave a Comment