Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Dushanbeda O‘zbek tili va madaniyati markazi ochiladi

By Muxtasar_Qodirova - March 16, 2026, 4:39 p.m. 1,066 Views 0 Comment



Dushanbe shahrida O‘zbekiston va Tojikiston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining III forumi doirasida Sotim Ulugʻzoda nomidagi Xalqaro chet tillar universitetida Oʻzbek tili va madaniyati markazini tashkil etish masalalariga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.


Uchrashuv doirasida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti hamda Sotim Ulugʻzoda nomidagi Xalqaro chet tillar universiteti oʻrtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Mazkur kelishuvga muvofiq, kelgusida universitet huzurida Oʻzbek tili va madaniyati markazini tashkil etish rejalashtirilgan.




Tashrif davomida akademik Shuhrat Sirojiddinov filologiya fakultetining oʻzbek tili yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar hamda professor-oʻqituvchilar bilan ham uchrashuv oʻtkazdi. Ma’ruza davomida til va madaniyat diplomatiyasining ahamiyati, Markaziy Osiyo oliy ta’lim makonida ilmiy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, o‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish masalalari haqida fikrlar bildirildi.




Bundan tashqari, turli darajadagi tinglovchilar uchun oʻzbek tili boʻyicha har oy onlayn mashgʻulotlar tashkil etish yuzasidan ham kelishuvga erishildi. Ushbu tashabbus ikki universitet oʻrtasidagi akademik hamkorlikni yanada kengaytirish hamda oʻzbek tilini xalqaro miqyosda targʻib etishga xizmat qilishi qayd etildi.


Tags:

0 Comment

Leave a Comment