Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Targ'ibot tadbiri o'tkazildi

By Muxtasar_Qodirova - April 29, 2026, 10:58 p.m. 1,010 Views 0 Comment



Qo'mita boshlang'ich kasaba uyushmasi tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o'tkazildi. Tadbir davomida davlat xizmatchisining o‘ziga xos odob-axloq me’yorlari, xizmatchilarning mehnat faoliyati jarayonida hamda kundalik hayotda o‘zini tutish qoidalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, davlat xizmatchisining kasbiy rivojlanishi jarayonlari va bosqichlari xususida fikr bildirildi.





Shuningdek, tadbir davomida davlat xizmatida intizom, mas’uliyat, halollik, jamoatchilik bilan muloqot madaniyati yuzasidan bir qator tavsiyalar bildirildi.  Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.






Mazkur tadbir davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy salohiyatini oshirish, ularning huquqiy madaniyati va axloqiy mas’uliyatini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.


Tags:

0 Comment

Leave a Comment