Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi muloqot

By Muxtasar_Qodirova - May 6, 2026, 3:37 p.m. 1,054 Views 0 Comment

O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi K. Sariyev Xitoy xalqining xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik assotsiatsiyasi  raisi Yang Wanmingni qabul qildi.  






✈️ Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, gumanitar sohada o‘zaro aloqalarni kuchaytirish, shuningdek, xorijdagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, millatlararo totuvlikni ta’minlash va ikki  mamlakat xalqlari o‘rtasidagi muloqotni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Shundan so'ng, Qo'mita qoshidagi Milliy madaniy markazlar pavilyoni faoliyati bilan yaqindan tanishildi.  






🗂 Milliy madaniy markazlar pavilyoni bilan tanishish chog'ida Xitoy xalqining xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik assotsiatsiyasi  raisi Yang Wanming O‘zbekistonda turli millat va elat vakillariga nisbatan bo‘lgan hurmat va e’tiborni yuksak baholab, Milliy madaniy markazlar pavilyonini haqiqiy insoniy va ilg‘or g‘oya deb ta'kidlab o'tdi. 

Tags:

0 Comment

Leave a Comment