Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

"Tatar qizi – 2026" tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi

By Muxtasar_Qodirova - May 18, 2026, 3:49 p.m. 1,323 Views 0 Comment



Toshkent shahrida “Tatar qizi – 2026” tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu iste’dod, go‘zallik va tatar millatining boy an’analarini o‘zida mujassam etgan yorqin tadbir bo‘ldi.






🔹Tanlov ikki kun davomida tashkil etildi. Birinchi kun tatar madaniyati va urf-odatlari bilan tanishishga bag‘ishlandi. Ishtirokchilar uchun matoga tatar naqshlarini tushirish bo‘yicha mahorat darslari, shuningdek, tatar milliy taomlarini tayyorlash bo‘yicha pazandachilik mahoratlar sinovdan o‘tkazildi.

🔹Tanlovning ikkinchi kuni esa ijod va ilhom sahnaga chiqdi. Ishtirokchilar yorqin chiqishlari orqali o‘z iste’dodlarini namoyon etdilar.





“Тatar qizi – 2026” tanlovi milliy merosni asrash, an’analarni yosh avlodga yetkazish, shuningdek, do‘stlik, hamjihatlik, ijod va madaniy almashinuv ahamiyatini ko'rsatib berdi.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment