Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

“Millatlar dо‘stligi” kuni

By Muxtasar_Qodirova - June 22, 2026, 3:58 p.m. 1,158 Views 0 Comment



Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish masalalari bо‘yicha Respublika komissiyasi majlisining 2026-yil 19-maydagi 39-son bayoni bilan tasdiqlangan Yangi О‘zbekiston oromgohlarida bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish masalalari bо‘yicha 12 kunlik namunaviy dasturning 10-kunini “Millatlar dо‘stligi” kuni sifatida о‘tkazish belgilangan.






Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘mita tomonidan Yangi О‘zbekiston oromgohlarida “Millatlar dо‘stligi” kunini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o'tkazib kelinmoqda. Navoiy viloyatining “Sarmish” oromgohida turli millat va elatlar do‘stligi va hamjihatlik rishtalarini keng tarannum etish maqsadida raqslar festivali tashkil etildi.




Festival davomida oromgohda dam olayotgan bolalar qardosh va boshqa millatlarning milliy raqslarini mahorat bilan ijro etib, ularning boy madaniy merosi, urf-odatlari va an’analarini namoyish etdilar. Rang-barang chiqishlar tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirib, o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik va do‘stlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment