Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda 30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari o‘rtasida “O‘zbekiston – yagona vatan!” shiorini oʻzida mujassam etgan eng yaxshi videoroliklar tanlovini e’lon qiladi.
🔽Tanlovga taqdim etilgan videoroliklarda (roliklar uzunligi 10 daqiqagacha):
⏺“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan ezgu g‘oyani aks ettirish;
⏺millatlar o‘rtasidagi samimiy do‘stlik g‘oyalarini tarannum etish;
⏺O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi turli millat va elatlar o‘rtasida millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar;
⏺milliy madaniy markazlar, do‘stlik jamiyatlarining faoliyati, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-gumanitar va do‘stlik aloqalarini rivojlantirish;
⏺yoshlar orasida turli millatlarning tili, madaniyati, an’analari, urf-odatlarini asrab-avaylash va hurmat qilish kabi g‘oyalarni targ‘ib etishni aks etishi lozim.
G‘oliblar “Do‘stlik” haftaligi doirasida qimmatbaho va esdalik sovg‘alar bilan tantali ravishda taqdirlanadi!
👉 Tanlovda ishtirok etish uchun videoroliklarni 7-iyulga qadar +998 97 722 76 77, +998 90 300 62 68 telegram raqamlari orqali taqdim etishingiz mumkin.
📝 Eslatma: Tanlovga yuborilayotgan videorolik bilan birga ishtirokchi haqida to‘liq ma’lumot — F.I.Sh., telefon raqami hamda qaysi milliy madaniy markaz yoki do'stlik jamiyati nomidan ishtirok etayotganligi ko‘rsatilishi shart.
0 Comment