Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

O‘zbekistonlik hunarmandlar Malayziyadagi xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etdi

By Muxtasar_Qodirova - July 6, 2026, 3:17 p.m. 1,226 Views 0 Comment



O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi hamda “Hunarmand” uyushmasi hamkorligida Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan XVI Malayziya xalqaro sovg‘alar ko‘rgazmasida mamlakatimizning milliy stendi tashkil etildi.




Malayziya Sovg‘alar va premium mahsulotlar uyushmasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan nufuzli xalqaro tadbirda 15 ga yaqin davlat, jumladan ASEANga aʼzo mamlakatlar, Xitoy, Tailand va O‘zbekistondan hunarmandlar, shuningdek, mahalliy OAV vakillari ishtirok etdi.




O‘zbekiston milliy stendida mamlakatimizda tayyorlangan amaliy sanʼat va xalq hunarmandchiligining turli yo‘nalishlariga oid mahsulotlar keng namoyish etildi. Shuningdek, o‘zbekistonlik mohir ustalar tomonidan milliy hunarmandchilik anʼanalari, mahsulotlarni tayyorlash jarayoni va ularning o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlangan mahorat darslari tashkil qilindi.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment