Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Raqamli dunyoda diniy bag'rikenglik va millatlararo totuvlik barqarorligining dolzarb masalalari

By Muxtasar_Qodirova - July 8, 2026, 7:53 p.m. 1,179 Views 0 Comment



“Raqamli dunyoda diniy bag'rikenglik va millatlararo totuvlik barqarorligining dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.






Mazkur konferensiya raqamli axborot makonida diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va hamjihatlikni mustahkamlash, internet tarmog‘i hamda ijtimoiy media platformalarida uchrayotgan zamonaviy tahdidlarni tahlil qilish, ularning oldini olish bo‘yicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqishga bag‘ishlandi.






Tadbirda Qo'mita rahbariyati, milliy madaniy markazlar faollari, O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi mas'ullari, olimlar, ekspertlar, xalqaro tashkilotlar mutaxassislari, fuqarolik jamiyati institutlari, oliy ta'lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.





Konferensiya davomida raqamli makonda diniy va millatlararo munosabatlarga oid axborot xavfsizligini ta'minlash, yoshlarni buzg‘unchi g‘oyalar ta'siridan asrash, media savodxonlikni yuksaltirish, ijtimoiy tarmoqlarda bag‘rikenglik madaniyatini keng targ‘ib etish, millatlararo totuvlikni mustahkamlashda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati yuzasidan ma'ruzalar hamda muhokamalar tashkil etilmoqda.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment