Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

“Doʻstlik” festivali yuzasidan matbuot anjumani

By Muxtasar_Qodirova - July 23, 2026, 11:40 a.m. 1,170 Views 0 Comment

#Live


30-iyul – Xalqlar doʻstligi kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan “Doʻstlik” festivali yuzasidan matbuot anjumani boʻlib oʻtmoqda.





Unda O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi  rahbariyati, milliy madaniy markazlar, do‘stlik jamiyatlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqda. Tadbir davomida festivalning asosiy maqsad va vazifalari, dastur doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan madaniy-ma’rifiy, ilmiy-amaliy hamda ommaviy tadbirlar, shuningdek, ularning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
              




Qo‘mita raisi K. Sariyev so‘zga chiqib, anjuman ishtirokchilarini 30-iyul – "Xalqlar do‘stligi" kuni bilan tabrikladi hamda Prezidentimiz tashabbusi bilan har yili tashkil etilayotgan «Do‘stlik» festivali yurtimizda qaror topgan millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlash, turli millat va elat vakillari o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, ishonch va hamjihatlikni yuksaltirish, shuningdek, xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim ma’naviy-ma’rifiy maydon ekanini alohida ta’kidladi.






Shuningdek. matbuot anjumanida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Koreys milliy madaniy markazi raisi V.N.Pak, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Turkman milliy madaniy markazi raisi G.X. Avezdurdiyevalar so‘zga chiqib, yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elat vakillari uchun yaratilgan keng imkoniyatlar, ularning milliy qadriyatlari, urf -odatlari, an'analarini saqlash borasida qilinayotgan ishlar haqida fikrlarini bildirishdi.





Tadbir yakunida mamlakatimizda umummilliy hamjihatlikni targ‘ib qilish va mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi bilan yaqin hamkorlikdagi faoliyati uchun ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhi qomitaning Tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


Sobir  Mamanov, maxsus muxbir

Tags:

0 Comment

Leave a Comment