30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Do‘stlik” festivali doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Yangi O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, turli millat va elat vakillarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, milliy madaniy markazlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyatda o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida atroflicha so‘z yuritildi.
🔊 Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan tadbir yakunida mamlakatimizda tinchlik, millatlararo hamjihatlik va bag‘rikenglikni asrab-avaylash har birimizning muhim vazifamiz ekani yana bir bor ta’kidlandi.
0 Comment