Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

“Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari” loyihasi o‘tkazildi

By Muxtasar_Qodirova - Aug. 7, 2026, 11:38 a.m. 1,177 Views 0 Comment




Uzun tumanidagi “Janub gavhari” sog‘lomlashtirish oromgohida “Mustaqillik to‘yi” festivali doirasida “Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari” loyihasi tashkil etildi.






Tadbirda olimlar, adiblar, shoirlar, san’at namoyandalari hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilari ishtirok etib, bolajonlar bilan ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar o‘tkazdi. Shuningdek, ular uchun qiziqarli madaniy dasturlar namoyish etildi.









Tadbir yakunida bolajonlarga “Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari” kitobi tuhfa qilindi. Loyiha yosh avlodning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, kitobxonlikka qiziqishini oshirish hamda ularni bilimli va barkamol insonlar etib tarbiyalashga xizmat qilmoqda.




Tags:

0 Comment

Leave a Comment