Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Do‘stlik va hamkorlikning yangi ufqlari

By Muxtasar_Qodirova - Aug. 27, 2026, 2:34 p.m. 1,271 Views 0 Comment




O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi ta’lim, ilm-fan, fransuz tili, madaniyat va gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.




Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi, "O‘zbekiston–Fransiya" do‘stlik jamiyati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda O‘zbek–Fransuz universiteti, Toshkentdagi Fransuz alyansi, Tuluza universiteti va SUEZ International kompaniyasi vakillari hamda respublikamizdagi yetakchi oliygohlardan vakillar ishtirok etdi.




Muloqot davomida O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, mavjud aloqalarni mustahkamlash hamda hamkorlikning yangi istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.



Tags:

0 Comment

Leave a Comment