Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

“Salomatlik marafoni” ommaviy-sport tadbiri bo‘lib o‘tdi

By Muxtasar_Qodirova - Sept. 4, 2026, 12:34 p.m. 1,297 Views 0 Comment




Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi, Yakkasaroy tumani hokimligi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish, sportga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish hamda faol hayot tarzini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Salomatlik marafoni” ommaviy-sport tadbiri o‘tkazildi.




Marafon davomida ishtirokchilar sog‘lom turmush tarzining muhim omillaridan biri bo‘lgan jismoniy faollikni oshirishga qaratilgan turli sport mashg‘ulotlarida qatnashib, o‘zaro do‘stlik va hamjihatlik muhitida faol harakat qildilar.





Mazkur tadbir nafaqat sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, balki turli millat va elat vakillarini umumiy maqsad atrofida birlashtirish, ular o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va o‘zaro hurmat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilgani bilan ham ahamiyatli bo‘ldi.



Tags:

0 Comment

Leave a Comment