Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

“Tatar qizi − 2026” xalqaro ko‘rik-tanlovi g‘olibiga avtomobil topshirildi

By Muxtasar_Qodirova - Oct. 16, 2026, 9:45 p.m. 1,177 Views 0 Comment

Milliy madaniy markazlar pavilonida “Tatar qizi − 2026” xalqaro ko‘rik-tanlovi g‘olibi Amina Mahmudovaga bosh sovrin - "Zeekr" avtomobilini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbek, tatar, turkman xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik hamda madaniy hamkorlik ruhida tashkil etilgan tadbir milliy madaniyat va an’analarni qadrlash, yoshlarning iste’dodini qo‘llab-quvvatlash hamda yutuqlarini e’tirof etishga bag‘ishlandi.



Marosimda Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita raisi, Madaniyat vaziri, Turkmanistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi tabrik so‘zi bilan ishtirok etdi.

Marosim oldidan Milliy madaniy markazlar paviloni bo‘ylab sayohat tashkil etilib, ishtirokchilar turli millatlarning urf-odatlari va an’analari bilan tanishdi.

Milliy liboslardagi yoshlarning ishtiroki tadbirga o‘zgacha ko‘tarinkilik bag‘ishlab, madaniy xilma-xillik va o‘zaro hurmat muhitini namoyon etdi. Tadbir davomida o‘zbek, tatar, turkman xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik, madaniy hamkorlik hamda “Tatar qizi” xalqaro ko‘rik-tanlovi jarayonlarini aks ettiruvchi videolavhalar namoyish etildi.



Marosimning asosiy qismida «Tatar qizi» xalqaro tanlovi g‘olibi Amina Mahmudova munosib sovg‘a — avtomobil bilan taqdirlandi. U o‘z quvonchini yashirmay, bu e’tirof unga yanada katta kuch va ishonch bag‘ishlaganini ta’kidladi.



— Bu g‘alaba men uchun nafaqat katta baxt, balki ulkan mas’uliyat hamdir. Menga bildirilgan ishonch va e’tibor uchun barchaga samimiy minnatdorchilik bildiraman. Kelgusida ham o‘z bilimim, iqtidorim va mehnatim bilan xalqimga munosib xizmat qilishga harakat qilaman, — dedi u.

Tadbir milliy madaniyatni asrab-avaylash va targ‘ib etishda yoshlarning ishtirokini rag‘batlantirish, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlash hamda madaniy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qildi.

Nigora Rahmonova,

Nosir Haydarov (surat),

O‘zA

Tags:

0 Comment

Leave a Comment