Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Diqqat, yangi tanlov!

By Muxtasar_Qodirova - Oct. 28, 2026, 11:25 a.m. 1,134 Views 0 Comment

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi va O‘zbekiston mahallalar uyushmasi hamkorlikda “Mahallada - Yangi O‘zbekiston nafasi” ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi.

 

Tanlovda matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” davlat dasturining mazmun-mohiyati yoritilgan eng yaxshi ijodiy asarlari bilan qatnashishlari mumkin.

 

Tanlov nominatsiyalari:

 

“Yil dasturi yoritilgan eng yaxshi teledastur”;

“Yil dasturi yoritilgan eng yaxshi radiodastur”;

“Yil dasturi yoritilgan eng yaxshi internet materiali”;

“Yil dasturi yoritilgan matbuotdagi eng yaxshi maqola”.

 

Tanlov g‘oliblari:

 

har bir nominatsiyada birinchi o‘rin uchun 20 000 000 so‘m;

 

har bir nominatsiyada ikkinchi o‘rin uchun 15 000 000 so‘m;

 

har bir nominatsiyada uchinchi o‘rin uchun 10 000 000 so‘m pul mukofoti va diplom bilan taqdirlanadi.

 

Shuningdek, Hakamlar hay’ati xulosasi asosida tanlov ishtirokchilari qo‘shimcha rag‘batlantirilishi ham mumkin.

 

Ijodiy ishlar 2026 yilning 15 oktabr kunidan 30 oktabrga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

 

Tanlovga ijodiy ishlar O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining [email protected] elektron manziliga hamda Telegram messenjerida +99870-484-71-79 telefon raqamiga ochilgan (Mahalla-2026) sahifaga yuborilishi so‘raladi.

 

Tanlov g‘oliblari 2026 yilning noyabr oyida e’lon qilinadi va tantanali ravishda taqdirlanadi.

 

Qo‘shimcha ma’lumotlarni (71) 244-64-62 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.

 

Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi axborot xizmati 

Tags:

0 Comment

Leave a Comment